Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Jake Zidanning maqtoviga munosabat bildirdi

Jake Zidanning maqtoviga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Jeremi Jake Italiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda ishonchli harakat qildi. Bu uning Fransiya terma jamoasi safidagi atigi ikkinchi uchrashuvi edi. Shundan so‘ng bosh murabbiy Zinedin Zidan birgina fikrida futbolchining o‘yinini to‘rt marta "juda yaxshi" deb baholadi.

21 yoshli futbolchiga Zidanning bu so‘zlari haqida aytilganda, u xursandligini yashirmadi.

"Men juda xursandman. Biz uning qanday futbolchi bo‘lganini yaxshi bilamiz, shuningdek, uning "Real"da qanday murabbiy bo‘lganini ham bilamiz.

Tabiiyki, undan tabrik va maqtov eshitish meni juda xursand qiladi. U bilan munosabatlarimga kelsak, hammasi a’lo darajada. U qachon xohlasa yoki menga qandaydir ko‘rsatma bermoqchi bo‘lsa, men bilan gaplashadi. Shuning uchun hammasi yaxshi ketmoqda", — dedi "Liverpul" markaziy himoyachisi.

Jake shu yozda "Liverpul"ga o‘tganidan so‘ng "Enfild"da asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Endi u Fransiya terma jamoasida ham muhim o‘rin egallash uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Kiritildi: 22:41, 03.10.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик