Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliyaning uch grandi bir hujumchini kuzatmoqda

Angliyaning uch grandi bir hujumchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

"Frayburg" hujumchisi Igor Matanovich Angliya Premyer-ligasi grandlarining qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Transfer News Live nashri CaughtOffside manbasiga tayanib xabar berishicha, "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" vakillari xorvatiyalik futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. 23 yoshli futbolchining o‘zi ham Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Frayburg" Matanovichning narxini sezilarli darajada oshirgan. Endi uni sotib olmoqchi bo‘lgan klub taxminan 50 million funt sterling, ya’ni qariyb 59 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Buning asosiy sababi hujumchining joriy mavsumdagi yorqin o‘yinidir. Matanovich 7 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:56, 04.10.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик