Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mastantuono Argentina terma jamoasidagi ilk golini urdi

Mastantuono Argentina terma jamoasidagi ilk golini urdi

Baho:
+ | -

19 yoshli vinger Franko Mastantuono Argentina terma jamoasi safidagi ilk golini urdi. Yosh futbolchi Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi taymi boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushdi va 57-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 6:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Qolgan vaqt ichida "albiseleste" yana bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob — 7:0.

Bu uchrashuv Mastantuono uchun Argentina terma jamoasi safidagi oltinchi o‘yin bo‘ldi. Avval u xalqaro maydonda samarali harakat bilan ajralib tura olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, istiqbolli argentinalik futbolchi avgust oyidan beri Italiyaning "Fiorentina" klubida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi hamon Madridning "Real" klubiga tegishli.

Kiritildi: 10:01, 04.10.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик