Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU» hujumchisi «Yuventus» qiziqish doirasiga tushdi

«MYU» hujumchisi «Yuventus» qiziqish doirasiga tushdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko «Yuventus» qiziqish doirasiga tushdi.

Turin klubi vakillari joriy mavsumda «qizil iblislar»ning asosiy tarkibida muntazam o‘rin ola olmayotgan sloveniyalik futbolchining vaziyatini kuzatmoqda.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, «keksa sinyora» kelasi yil yozida hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Biroq «Manchester Yunayted» 23 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti va hozircha uni sotish haqida o‘ylamayapti.

Sheshko joriy mavsumda Maykl Karrik boshqarayotgan jamoa safida 6 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 10:45, 04.10.2026.
O'qildi: 599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик