Polshalik tajribali hujumchi Robert Levandovski Ruminiyaga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Uning jamoasi raqibni 6:0 hisobida tor-mor qildi.
Shu tariqa, Levandovski Krishtianu Ronalduga tegishli rekordni yangiladi. Polyak hujumchisi milliy jamoa safidagi gollari sonini 92 taga yetkazish bilan birga, Millatlar ligasida ham yangi rekord o‘rnatdi.
38 yosh 42 kunligida Polsha terma jamoasi sardori ushbu Yevropa turnirida xet-trik qayd etgan eng katta yoshli futbolchiga aylandi.
Shu tariqa, u Krishtianu Ronalduning natijasini ortda qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi 2019 yil 5 iyun kuni 34 yosh 120 kunligida Shveysariya darvozasiga uchta gol urgan edi.













