Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fran Garsiya: «Bunday turnirlarda oson o‘yinlar bo‘lmaydi»

Fran Garsiya: «Bunday turnirlarda oson o‘yinlar bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Ispaniya milliy terma jamoasi himoyachisi Fran Garsiya Millatlar ligasi doirasida Chexiya ustidan o‘z maydonida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. «Qizil furiya» raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Jahon chempionlari safida, o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynayotganimdan xursandman. Bizga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun ularga katta rahmat. Bunday turnirlarda oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Tanaffusdan keyin bahs keskin tus oldi, almashtirishlar esa bizga yordam berdi. Bu barcha futbolchilarning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Hamma qattiq mehnat qilmoqda va maydonda borini bermoqda», — deya futbolchining so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltirdi.

Ispaniya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini Xorvatiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:06, 04.10.2026.
O'qildi: 449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик