Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Ispaniya termasi debyutanti Chexiyaga qarshi g‘alabaga baho berdi

Ispaniya termasi debyutanti Chexiyaga qarshi g‘alabaga baho berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi debyutanti Ivan Fresneda Millatlar ligasi doirasida Chexiyaga qarshi o‘tkazilgan uy uchrashuvidan so‘ng fikr bildirdi. «Qizil furiya» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Chexiyaning yaxshi jamoasi va kuchli bosh murabbiyi bor. Ikkinchi bo‘limda ular bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Jamoamizda hali ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Ammo hozir eng muhimi — g‘alaba qozondik», — deya futbolchining so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasida ketma-ket uchta g‘alabaga erishdi. Luis de la Fuente shogirdlari navbatdagi uchrashuvni safarda Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs 6 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:08, 04.10.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик