Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleks Skott Millatlar ligasi guruh bosqichidagi uchrashuvdan so‘ng Xorvatiya milliy jamoasi xavbeki Luka Modrich haqida fikr bildirdi.
«Modrich — mening sevimli futbolchilarimdan biri. Men hali bolaligimdayoq uning o‘yinlarini kuzatardim. O‘sha paytlarda u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. Luka bilan bir maydonda to‘p tepish — men uchun ulkan sharaf», — deya futbolchining so‘zlarini BBC Sport keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi safarda Xorvatiyani 7:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.
Tomas Tuxel shogirdlari navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonida Chexiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs 6 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.













