Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Angliya futbolchisi: «Keynning «Oltin to‘p»ga da’vogarlar qatorida bo‘lishi bejiz emas»

Angliya futbolchisi: «Keynning «Oltin to‘p»ga da’vogarlar qatorida bo‘lishi bejiz emas»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleks Skott Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiya ustidan safarda 7:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«Bu bahsda barcha futbolchilarimiz ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Jamoamizning yuqori saviyasi ilk daqiqalardanoq sezilib turdi. Keyn shunchaki aql bovar qilmas darajada. U — fantastik saviyadagi hujumchi. Uni «Oltin to‘p» uchun da’vogarlar qatorida tilga olishlari bejiz emas. Shuningdek, Bellingem, Saka va Gordonni ham alohida ta’kidlamoqchiman», — deya Skottning so‘zlarini BBC Sport keltirdi.

Angliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini Chexiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs 6 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:11, 04.10.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик