Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Entoni Gordonning o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Barselona» vingeri Millatlar ligasida «uch sherlar» safida ketma-ket uchinchi o‘yinda ham golli harakat amalga oshirdi. Bu safar u Xorvatiya ustidan 7:0 hisobidagi yirik g‘alabada gol urdi va Jud Bellingemga golli uzatma berdi.
«Entoni ancha xavfli va ishonchli harakat qila boshladi. U, shubhasiz, yangi darajaga chiqdi. So‘nggi uchta o‘yinda uning hissasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi», — deya Tuxelning so‘zlarini Barca Buzz keltirdi.
Avvalroq Gordon Chexiyaga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabali uchrashuvda va Ispaniyaga qarshi 2:3 hisobida boy berilgan bahsda ham bittadan gol urgan edi.
6 oktyabr, seshanba kuni Angliya terma jamoasi yig‘indagi so‘nggi o‘yinini o‘z maydonida Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.













