Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Anchelotti Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng Braziliya yig‘iniga baho berdi

Anchelotti Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng Braziliya yig‘iniga baho berdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Hindiston ustidan 4:0 hisobida qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng yig‘in yakunlarini sarhisob qildi. Kengaytirilgan xalqaro tanaffus davomida italiyalik mutaxassis tarkib va taktik sxemalar borasida turli tajribalar o‘tkazdi, shuningdek, to‘qqiz nafar futbolchiga terma jamoada debyut qilish imkonini berdi.

«Bu davrni futbolchilar yanada o‘sishi mumkin, degan ishonch bilan yakunlayapmiz. Har birining o‘ziga xos jihatlari bor va umumiy hisobda biz qoniqish hosil qildik. Qaysi darajadagi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerakligi muhim emas. Biz uchun mavjud sharoit va doimiy bosimni hisobga olgan holda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilish muhim», — deya Anchelottining so‘zlarini Goal keltirdi.

«Klublarida kam o‘yin amaliyotiga ega futbolchilar uchun yuqori raqobatli uchrashuvlarda maydonga tushish qiyinroq bo‘ladi. Bu Estevao va Endrikka ham taalluqli».

Anchelottining ta’kidlashicha, ushbu yig‘in unga keyingi uchrashuvlar uchun tarkib borasida aniqroq qarorga kelishga yordam bergan.

«Bu juda qiziq davr bo‘ldi. Endi keyingi chaqiruv qanday bo‘lishi haqida tasavvurim ancha aniq. Albatta, ko‘p narsani o‘zgartirmaymiz, ammo ushbu yig‘inda tayyor bo‘lmagan boshqa yosh futbolchilarni ham ko‘rib chiqmoqchiman».

Kelasi oy Braziliya terma jamoasi Yaponiya va Singapurga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:56, 04.10.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик