Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hozirgi lavozimi haqida fikr bildirdi. Zidanning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya milliy jamoasida ham u «Real»da ishlagan paytidagidek yuqori talablarga duch kelmoqda.
«Fransiya terma jamoasida ham xuddi shunday “aqlbovar qilmas bosim” bor. Bu jamoada «Real»dagidek yuqori talablar qo‘yiladi. Bu eng yuqori daraja. «Real»da bo‘lgan paytimda bu sur’at bir daqiqa ham pasaymasdi, lekin bu menga yoqardi. Bugun esa men boshqa roldaman», — deya Zidanning so‘zlarini The Touchline keltiradi.
5 oktyabr, dushanba kuni Fransiya terma jamoasi Belgiyaga qarshi o‘z maydonida o‘ynaydi. Zinedin Zidan jamoasi musobaqaning avvalgi uchta turida 7 ochko to‘plagan.













