Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Neftchi»ning ikki muhim futbolchisi safga qaytdi

«Neftchi»ning ikki muhim futbolchisi safga qaytdi

Baho:
+ | -

«Neftchi» navbatdagi muhim uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Nazorat uchrashuvidan so‘ng bir kunlik qisqa dam olgan Farg‘ona klubining asosiy tarkib futbolchilari bugun yana mashg‘ulotlarga qaytdi.

Jamoa uchun eng muhim yangiliklardan biri — Vladimir Yovovich va Boyan Sigerning safga qaytishi bo‘ldi. Jarohatlarini to‘liq davolagan tajribali futbolchilar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilib, jamoadoshlari bilan to‘liq hajmda ishladi.

Ertalabki mashg‘ulotda asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini oshirish, shuningdek, texnik harakatlarni takomillashtirishga qaratildi.

Murabbiylar shtabi tomonidan berilgan mashqlar yuqori sur’atda bajarildi. Futbolchilar belgilangan vazifalarni intizom va jiddiy yondashuv asosida amalga oshirdi.

«Neftchi» navbatdagi uchrashuvini 7 oktyabr kuni «Xorazm»ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:33, 04.10.2026.
O'qildi: 1891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик