Kirish Ro'yxatdan o'tish

Millatlar ligasi. Irlandiya Isroil bilan durang o‘ynadi

Millatlar ligasi. Irlandiya Isroil bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

UYEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi "B" ligasi 3-guruhi 4-turi doirasida Irlandiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Serbiyaning Bachka-Topola shahridagi «TSC Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

39-daqiqada Irlandiya terma jamoasi hujumchisi Troy Perrott penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi — 1:0.

Ikkinchi bo‘lim boshlanganidan ko‘p o‘tmay, 47-daqiqada Isroil futbolchisi Dor Peres hisobni tenglashtirdi — 1:1. Uchrashuv oxiriga qadar boshqa gol urilmadi.

Ushbu bahsdan so‘ng Irlandiya 5 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Isroil esa 2 ochko bilan 3-guruh turnir jadvalining oxirgi pog‘onasini egallab turibdi.

Millatlar ligasi. B ligasi. 3-guruh. 4-tur
4 oktyabr 2026 yil, Bachka-Topola, «TSC Arena» stadioni
Irlandiya — Isroil — 1:1
Gollar: Perrott, 39 (penalti) — 1:0; Peres, 47 — 1:1.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:49, 05.10.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик