"Lill" bosh murabbiyi Davide Anchelotti kelajakda Madridning "Real" klubini boshqarishni istashini aytdi.
Italiyalik mutaxassis avvalroq "Qirollik klubi"da otasi Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida ishlagan.
"Real"ga bosh murabbiy sifatida qaytish — mening orzum. Ammo bunday imkoniyatga loyiq bo‘lish kerak. Hammasi faqat "Real"ga emas, balki mening o‘zimga, murabbiylik faoliyatimda erishadigan natijalarimga ham bog‘liq.
Hozircha menda bunday klub murabbiyida bo‘lishi kerak bo‘lgan maqom yo‘q. Bu maqom g‘alabalar orqali shakllanadi. G‘oyalar va falsafa haqida kunlab gapirish mumkin, ammo eng muhimi — g‘alaba qozonish", — deya kichik Anchelottining so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.
37 yoshli mutaxassis boshqarayotgan "Lill" Liga 1da besh turdan keyin 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













