Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarkibda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Bundestimning yangi ustozi joriy yig‘in uchun 44 nafar futbolchini chaqirgan. Ammo kelasi oydan boshlab murabbiylar shtabi kengaytirilgan tarkibdan voz kechadi.
"Biz bu ikki haftani xotirjam tahlil qilamiz. Besh haftadan so‘ng esa tarkib qisqartirilgan holda yana ikkita o‘yin o‘tkazamiz. Albatta, u yerga 44 nafar futbolchi bilan bormaymiz.
Terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq. Chaqirilmay qolganlar buni o‘zlarida mahorat yetishmasligi bilan bog‘lamasligi kerak. Shunchaki, biz 23-24 nafar futbolchini tanlab olishimiz lozim", — deya Kloppning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.
Yakshanba kuni Germaniya terma jamoasi Gresiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.













