Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barella Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.
"Bizni oson bo‘lmagan o‘yin kutmoqda. Chalhanog‘luning yo‘qligi Turkiya terma jamoasi uchun sezilarli yo‘qotish, ammo ular tarkibida yetakchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishga qodir boshqa kuchli futbolchilar ham bor.
Bizning terma jamoamizga kelsak, hozir xarakterga ega yangi Italiya terma jamoasi shakllanmoqda. Biz birlashishimiz kerak", — deya Barellaning so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltirdi.
Italiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.













