Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barella Roberto Manchinining milliy jamoadagi muhitga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi. Manchini 2026 yil yozida faoliyatida ikkinchi bor Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
"Murabbiyning eng yaxshi fazilatlaridan biri — u bizga o‘zimizni xotirjam his qilish imkonini beradi. So‘nggi yillarda juda og‘ir va salbiy davrni boshdan kechirdik. Ayniqsa, men, Donnarumma va Bastoni uchun bu oson bo‘lmadi.
Murabbiy bizdan yana ishtiyoqni qaytarishni so‘radi. Menimcha, bunga erishyapmiz. Aks holda Fransiyaga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirib, bahs oxirida hatto g‘alabaga yaqin kela olmagan bo‘lardik", — dedi Barella.
5 oktyabr kuni Italiya Turkiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchta turdan so‘ng Italiya 4 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Turkiya esa hali ochko jamg‘ara olmagan va so‘nggi pog‘onada joylashgan.













