Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Real" muhim futbolchisi bilan barcha masalani hal qildi

"Real" muhim futbolchisi bilan barcha masalani hal qildi

Baho:
+ | -

Turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler Madridning "Real" klubida qoladi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Real" 21 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Tomonlar barcha tafsilotlarni hal qilgan va yaqin vaqt ichida bitimni imzolashi kutilmoqda. Shundan so‘ng klub bu haqda rasman e’lon qiladi.

"Real" Gyulerni 2023 yilda "Fenerbaxche"dan 28 million yevroga sotib olgan edi. Shundan beri yarim himoyachi barcha musobaqalar hisobida 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Arda Gyulerning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Ispaniya chempionatida yetti turdan so‘ng "Real" 15 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:57, 05.10.2026.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик