Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Destini Udodji Angliya Premyer-ligasini tark etib, Italiya A Seriyasiga yo‘l olishi mumkin. Uning xizmatlariga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 23 yoshli futbolchi "Tottenxem"da daxlsiz o‘yinchi hisoblanmaydi. 15 million yevro miqdoridagi taklif London klubini Udodji bilan xayrlashishga ko‘ndirishi mumkin.
Italiyalik futbolchi 2022 yil avgustidan buyon "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Udodji Angliya chempionatida uchta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.













