Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Skott jarohati sabab ikki oygacha maydonga tushmaydi

Skott jarohati sabab ikki oygacha maydonga tushmaydi

Baho:
+ | -

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott Angliya terma jamoasi yig‘inida son qismidan jarohat oldi va olti-sakkiz hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Yarim himoyachi yaqinda milliy terma jamoa safida debyut qilgan edi. Skott Xorvatiyaga qarshi 7:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda Elliot Anderson bilan birga markaziy yarim himoyada 70 daqiqa o‘ynadi.

APLdagi besh turdan so‘ng «Bornmut» 17-o‘rinda bormoqda va hozircha chempionatda biror marta ham g‘alaba qozona olmadi. 10 oktyabrdan 8 noyabrgacha jamoa Skottsiz to‘qqizta uchrashuv o‘tkazishi kerak.

Shuningdek, Angliya terma jamoasi yig‘inini «Arsenal» himoyachisi Ezri Konsa ham tark etdi. 28 yoshli futbolchi jarohatidan davolanish uchun klubiga qaytmoqda. Jarohatning xususiyati aniqlanmagan.

Kiritildi: 15:38, 05.10.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик