Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Arsenal" asosiy yulduzi bilan uzoq muddatli kelishuvga yaqin turibdi

"Arsenal" asosiy yulduzi bilan uzoq muddatli kelishuvga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda sezilarli natijaga erishdi.

Caught Offside manbalari ma’lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati universal yarim himoyachi Deklan Rays bilan yangi uzoq muddatli shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarda ancha ilgarilagan.

Klubda barcha tomonlar vaziyatga ijobiy qaramoqda va Rays bilan kelishuvga erishilishiga ishonch bildirmoqda.

Shuningdek, "Arsenal" amaldagi shartnomalari 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydigan boshqa futbolchilar bilan ham muzokara olib bormoqda. Ular orasida Kay Xaverts, David Rayya va Martin Edegor bor.

Deklan Rays 2023 yil yozida "Vest Xem"dan 105 million funt sterling evaziga "Arsenal" safiga qo‘shilgan edi.

U shu vaqtga qadar "kanonirlar" safida barcha musobaqalar hisobida 165 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:14, 05.10.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик