"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, dushanba kuni niderlandiyalik futbolchi "Barselona" mashg‘ulot markazida maydonga chiqdi, ammo jamoadan alohida tarzda ishladi.
Joan Garsiya va Rafinya ham individual mashg‘ulot o‘tkazdi.
Himoyachi Erik Garsiya esa umumiy guruh bilan birga mashq qildi. Avvalroq u Angliyaga qarshi "Uembli"dagi uchrashuv oldidan razminka paytida tizzasida noqulaylik his qilgani sabab Ispaniya terma jamoasi lagerini tark etgan edi.
"Barselona" navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni "Kamp Nou"da "Xetafe"ga qarshi o‘tkazadi. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Hansi-Diter Flik shogirdlari 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Xetafe" esa 8 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.













