Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi van de Venning jarohati haqida gapirdi

Xavi van de Venning jarohati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem", ko‘rinishidan, Niderlandiya terma jamoasi yig‘inida himoyachilar Mikki van de Ven va Yan-Paul van Xekke olgan jarohatlardan so‘ng jiddiy muammolardan qutulib qoldi. Bu haqda vi.nl xabar berdi.

Van de Ven yakshanba kuni Millatlar ligasida Serbiyaga qarshi 2:1 hisobidagi uchrashuvda jarohat oldi. U Serbiya terma jamoasi hujumchisi Luka Yovich bilan to‘qnashib ketdi va raqib tasodifan butun og‘irligi bilan uning qo‘li ustiga tushdi.

Terma jamoa shifokori bilan maslahatdan so‘ng himoyachini almashtirishga qaror qilindi.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘yindan keyin jarohat jiddiy ko‘rinmayotganini ma’lum qildi.

"Uning ahvoli yaxshi. Barmog‘i qattiq og‘rigani uchun boshi aylandi. Ammo bu jiddiy jarohat emas", — dedi Xavi.

Van Xekke ham Serbiyaga qarshi bahsda raqib bilan to‘qnashuvdan keyin jarohat oldi. Unga ham jiddiy shikast yetmagani ma’lum bo‘ldi.

Har ikki himoyachi 10 oktyabr kuni APL doirasida "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

"Tottenxem" Angliya chempionatining besh turidan so‘ng 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. Roberto de Dzerbi jamoasi hali birorta ham g‘alaba qozonmagan.

Kiritildi: 22:08, 05.10.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик