«Milan» uchun noxush xabar: jamoa belgiyalik futbolchi Aleksis Salemakersdan uzoq muddatga ayrilib qolishi mumkin. Mashg‘ulot paytida jarohat olgan futbolchiga jarrohlik amaliyoti talab qilinishi ehtimoli bor.
«Milan» ma’lum qilishicha, o‘tgan dam olish kunlari Aleksis Salemakers o‘ng to‘pig‘ini qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazdi. Aynan shu joyda 2024 yilda ichki to‘piq suyagi sinishi sabab operasiya o‘tkazilgan edi.
Maxsus tekshiruvlar so‘nggi mashg‘ulotda olingan jarohat natijasida avval operasiya qilingan joyda bo‘g‘im beqarorligi paydo bo‘lganini ko‘rsatdi», — deyiladi «Milan» matbuot xizmati xabarida.
Ayni paytda «Milan» A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.













