Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Modrich «Real»ning La Ligadagi holatiga baho berdi

Modrich «Real»ning La Ligadagi holatiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich Madridning «Real» klubi joriy La Liga mavsumida qayd etayotgan natijalar haqida fikr bildirdi.

Joze Mourinyu boshchiligidagi jamoa yetti turdan so‘ng 15 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona»dan farq esa olti ochkoni tashkil qilmoqda.

«Hozir mavsumning endi boshi. «Real»da murabbiy almashdi, ammo jamoa juda kuchli va har doimgidek barcha sovrinlar uchun kurashishga tayyor.

Xavotirga hech qanday sabab yo‘q. «Barselona»ning olti ochkolik ustunligi hali hech narsani hal qilmaydi. «Real» bu farqni yo‘qotishga va mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishga qodir», — dedi Modrich.

Xorvatiyalik yarim himoyachi 2012 yildan 2025 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 05:38, 06.10.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик