Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Man Siti»ning sobiq futbolchisi Fernandinyo: «Klub aybdor deb topiladigan kun kelishini bilardim»

«Man Siti»ning sobiq futbolchisi Fernandinyo: «Klub aybdor deb topiladigan kun kelishini bilardim»

Baho:
+ | -2

«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Fernandinyo «shaharliklar» atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi. Avvalroq Angliya klubi Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi. Fernandinyo «Siti» safida 2013 yildan 2022 yilgacha o‘ynagan.

«Men bu kun kelishini bilardim. Ular buni yashirishga juda ko‘p harakat qilishdi, ammo hech narsani abadiy yashirib bo‘lmaydi. Garchi ba’zilarimiz sodir bo‘layotgan noqonuniy ishlar haqida bilgan bo‘lsak-da, ular (klub rahbariyati — “Chempionat” izohi) bizni barchasi qonuniy ekaniga ishontirishdi, chunki Premyer-liga bu haqda xabardor edi. Shuning uchun biz shunchaki o‘z ishimizni qilib, ketaverdik. Endi ularning 115 ta ayblov bo‘yicha aybdor deb topilganini eshitish alamli», — deya Fernandinyoning so‘zlarini FullTime Report X ijtimoiy tarmog‘ida keltiradi.

Kiritildi: 16:59, 06.10.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик