«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzgani uchun «Manchester Siti»ni jazolashga chaqirdi. Avvalroq mustaqil komissiya «shaharliklar»ni ayblovlarning mutlaq aksariyati bo‘yicha aybdor deb topgan edi.
«Biz barcha tafsilotlarni bilmaymiz. Agar “Manchester Siti”da qandaydir qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, demak, ular bor. Jazolash kerak, chunki bunday qilish mumkin emas. Bu masalani to‘g‘ri hal qilish zarur. Bunday sanksiyalarga ko‘plab buyuk klublar duch kelgan: “Yuventus”, “Marsel” va boshqa jamoalar. Balki bu adolatli bo‘lar. Futbol olamini bunday aldash mumkin emas.
“Manchester Siti” ham baliqni tutishni, ham boshqa narsalarni istadi. Ularni APLdan chiqarib yuborish kerak emas, ammo jarima sanksiyalari qo‘llanishi lozim. FIFA va UYEFA bu mablag‘larni bolalar futboli rivojiga yo‘naltirsa, yomon bo‘lmasdi. Klub futbolchilari esa sodir bo‘lgan voqealarda aybdor emas. Jarima tufayli shayxlar qashshoqlashib qolmaydi. Ularni jazolash va ogohlantirish kerak», — dedi Kanchelskis «Chempionat» muxbiri Nikolay Baranov bilan suhbatda.













