Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Angliya terma jamoasidagi sherigi Xarri Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatiga baho berdi.
«Bavariya» hujumchisi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanmoqda.
«Keynga «Oltin to‘p»mi? Ha, kim biladi? Bu albatta sodir bo‘lishi mumkin», — deya Bellingemning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Bellingemning o‘zi ham «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod ro‘yxatidan joy olgan.
Seshanba kuni Angliya terma jamoasi sardori, 33 yoshli Xarri Keyn Millatlar ligasi doirasida Chexiyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Uchrashuv angliyaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellingem OAV vakillari bilan suhbat chog‘ida Keynni Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini ham ta’kidladi.













