Xorvatiya terma jamoasi faxriy futbolchisi Luka Modrich Angliyadan qabul qilingan 0:7 hisobidagi og‘ir mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Muammo mag‘lubiyatning o‘zida emas. Avval ham aytganman — masala qanday mag‘lub bo‘lganimizda. Bu yerda faxrlanadigan hech narsa yo‘q.
Muxlislarning munosabatiga kelsak, ulardan ijobiy reaksiya kutaman. Doimgidek bizni qo‘llab-quvvatlashlarini xohlayman. O‘yindan keyin esa bizni baholashlari va tanqid qilishlari mumkin.
Bizga tribunalarning qo‘llab-quvvatlashi juda kerak. Bu shunchaki gap emas — muxlislarning yordami biz uchun juda muhim», — deya Modrichning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 41 yoshda bo‘lishiga qaramay, Xorvatiya milliy terma jamoasi safida to‘p surishda davom etmoqda.













