Faoliyati davomida avval faqat Angliya chempionatida to‘p surgan Entoni Gordon Ispaniyaga ko‘chib o‘tdi va «Barselona»dagi yangi hayotiga moslashishda qaysi futbolchilar unga yordam berayotganini aytdi.
«Erik Garsiya menga juda katta yordam berdi, chunki u ingliz tilida juda yaxshi gapiradi. Dani Olmo ham xuddi shunday. Men ispan tilini tushunaman, ammo ular o‘zaro tez gaplashganda, gapning mazmunini anglab olish men uchun qiyinroq bo‘ladi», — deya Gordonning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Gordonning avvalgi klubi Angliyaning «Nyukasl» jamoasi edi. Ayni paytda «Barselona» La Ligada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va joriy chempionatda hali birorta ham ochko yo‘qotmagan.













