Mavsumlar oralig‘ida «Barselona» safiga ko‘chib o‘tgan Entoni Gordon jurnalistlarning klub tarixidagi qaysi jamoani eng kuchlisi deb hisoblashi haqidagi savoliga javob berdi.
«Men ko‘rgan eng yaxshi «Barselona» — Pep Gvardiola boshqargan va Xavi, Inyesta kabi futbolchilar bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan jamoa.
Messini hisobga olmasak, «Barselona» tarixidagi eng sevimli futbolchim — Luis Suares. Men «Liverpul»ning katta muxlisiman va u Stiven Jerrard bilan birga o‘sha paytlardayoq mening eng sevimli futbolchilarimdan biri edi», — deya Gordonning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola «Barselona»ni 2008 yildan 2012 yilgacha boshqargan.













