«PSJ» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.
«Bu Argentina bilan bog‘liq unutilmas bobning yakuni. Bundan zavq ol, Leo», — deyiladi klub xabarida.
Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini Beninga qarshi o‘tkazdi. Bu bahsda «albiseleste» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Nikolas Otamendi 48-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Niko Pas 61-daqiqada ikkinchi golni urdi. Messi esa 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Messi 2021–2023 yillarda «PSJ» sharafini himoya qilgan. Parij klubi futbolchisi bo‘lgan davrida u Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Finalda «albiseleste» Fransiya terma jamoasini asosiy va qo‘shimcha vaqtda 3:3 hisobida durang o‘ynatib, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etgan.













