«Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoro Fransiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchini transfer qilishdan «PSJ» manfaatdor. Parijliklar himoyachini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish uchun noyabr oyida futbolchining va «qizil iblislar» vakillari bilan muzokara o‘tkazmoqchi.
«PSJ» Yoroning transferi uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, 20 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni «Arsenal» ham kuzatib bormoqda.













