Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Aleks Skott uchun "Real" va Angliya grandlari raqobatga kirishdi

Aleks Skott uchun "Real" va Angliya grandlari raqobatga kirishdi

Baho:
+ | -

"Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skott Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun Madridning "Real", "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi" va "Milan" klublari kurash olib borishi mumkin.

"Real" skautlari futbolchining o‘yinini uch martadan ko‘proq stadiondan kuzatgan.

Aleks Skottning transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida Skott beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 12:52, 07.10.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик