Pro liga ishtirokchisi TerDU 21-turdan o‘rin olgan «Orol» klubiga qarshi uchrashuvga bora olmasligini Ligaga ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida klubdagi moliyaviy holatning barqaror emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Pro liga reglamentining 14.8-bandiga ko‘ra, Liga TerDU klubining xatini ma’lumot uchun qabul qildi hamda uchrashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha rejalarni, ya’ni uchrashuv rasmiylarining Nukusga safari bekor qilindi.
Reglament asosida «Orol» — TerDU uchrashuvida mezbon jamoaga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba, mehmonlarga esa shu hisob bilan texnik mag‘lubiyat yoziladi.













