Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Tottenxem"ning qishki transfer rejalari ma’lum bo‘ldi

"Tottenxem"ning qishki transfer rejalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi qishki transferlar oynasi uchun rejalarini belgilab oldi.

Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, "shporlar" yaqinlashib kelayotgan qishda hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Biroq klub yanvar oyida o‘tgan yozdagidek katta mablag‘ sarflashni rejalashtirmayapti.

Qayd etilishicha, "Tottenxem"ning asosiy ustuvor vazifasi markaziy himoyachi emas, hujumchi sotib olish hisoblanadi. Bu "Bavariya" futbolchisi Kim Min Jega qiziqish haqidagi xabarlarga qaramay, klub uchun birinchi darajali maqsad bo‘lib turibdi.

Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turidan so‘ng "Tottenxem" atigi ikki ochko jamg‘arib, turnir jadvalining eng quyi qismida joylashgan.

10 oktyabr kuni "Tottenxem" safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. 6-tur uchrashuvi Moskva vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 15:35, 07.10.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик