Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Aspilikueta: "Jeyms endi "Chelsi"ning haqiqiy yetakchisi"

Aspilikueta: "Jeyms endi "Chelsi"ning haqiqiy yetakchisi"

Baho:
+2 | -

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Sesar Aspilikueta London klubi himoyachisi va sardori Ris Jeyms haqida fikr bildirdi.

"Jeyms hali ham rivojlanishda davom etmoqda. Ko‘pchilik uning hali ancha yosh futbolchi ekanini unutib qo‘yadi. Shunchaki, hamma uni akademiya davridan beri biladi.

Masalan, men faqat 28-29 yoshimda sardor bo‘lganman. U asosiy jamoaga qo‘shilgan zahotiyoq qanday yuqori saviyadagi futbolchi ekani ko‘rinib turgandi. Endi esa u jamoa yetakchisiga aylandi.

Menimcha, uning eng yaxshi yillari hali oldinda", — deya ispaniyalik sobiq futbolchining so‘zlarini BBC Sport keltirdi.

Joriy mavsumda Ris Jeyms "Chelsi" safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar mo‘ljallangan.

Uning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:40, 07.10.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик