Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Jahon va Yevropa chempioni Pedro Rodriges futbol bilan xayrlashdi

Jahon va Yevropa chempioni Pedro Rodriges futbol bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik futbolchi Pedro Rodriges ijtimoiy tarmoqlar orqali professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 39 yoshli futbolchining so‘nggi klubi Italiyaning "Lasio" jamoasi bo‘ldi.

"Vaqt kelganini his qilyapman. Endi oldinga qadam tashlab, hayotimda yangi bobni boshlash payti keldi. Orzuimni ro‘yobga chiqara olganimdan faxrlanib va bu yo‘lda yonimda bo‘lgan, menga yordam bergan barchaga minnatdorlik bildirgan holda ketyapman. Meni shunchalik baxtli qilganing uchun rahmat senga, futbol", — deb yozdi Rodriges.

Pedro Rodriges faoliyati davomida Italiyaning "Roma", Angliyaning "Chelsi" va Ispaniyaning "Barselona" klublarida ham to‘p surgan.

U Ispaniya terma jamoasi safida 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 16:09, 07.10.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик