"Barselona" muxlislari uchun xushxabar. Jamoaning asosiy darvozaboni Joan Garsiya chorshanba kuni umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Marca ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining tizzasidagi muammolar ortda qolgan.
Joan Garsiya sentyabr oyi o‘rtalarida "Rasing"ga qarshi o‘yinda almashtirilgan edi. Shundan so‘ng u La Liganing "Sevilya"ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
Kutilishicha, "Xetafe"ga qarshi navbatdagi chempionat bahsida Joan Garsiya asosiy tarkibda maydonga tushadi.
"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklar dastlabki yettita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.
Xans-Diter Flik jamoasi 10 oktyabr, shanba kuni "Xetafe"ga qarshi maydonga tushadi.













