Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqda otasiga bag‘ishlangan yangi postni e’lon qildi. 6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. O‘rtoqlik uchrashuvida Argentina Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
«O‘tgan kecha seni qanchalik qattiq sog‘inganimizni tasavvur ham qila olmaysan...» — deb yozdi Lionel Messi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining otasi Xorxe 2026 yil 8 avgust kuni 68 yoshida vafot etgan.
Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yil avgust oyida Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) o‘tkazgan. U argentinaliklar safida jami 208 ta o‘yinda 126 ta gol va 70 ta golli uzatma qayd etgan.
Messi terma jamoa bilan 2022 yilgi jahon chempionati, ikki marta Amerika Kubogi (2021, 2024) hamda Finalissima-2022da g‘olib chiqqan.













