Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Benin ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng Lionel Messining milliy jamoadagi so‘nggi o‘yini haqida fikr bildirdi va o‘zining kelajagiga oydinlik kiritdi.
Argentina Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda gollarni Nikolas Otamendi (48), Tyago Pas (61) va Lionel Messi (71) urdi.
«Agar barchasi yaxshi kechsa, terma jamoada ishlashda davom etaman. Messi ortidan aqlbovar qilmas meros qoldirmoqda. Men aynan shu merosni xotiramda saqlayman. Futbol maydonida endi hech qachon bunday narsa bo‘lmaydi va biz unga cheksiz minnatdormiz.
Federasiya bilan shartnomani uzaytirish masalasiga kelsak, hozircha hech qanday yangilik yo‘q», — deya Skalonining so‘zlarini TyC Sports keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Skaloni Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilda jahon chempionatida g‘olib chiqqan.













