«Manchester Siti» bir necha yil davomida soliq tekshiruvi ostida bo‘lgan. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Buyuk Britaniya soliq organlari 2018 yildayoq ingliz klubi soliq to‘lovlarini kamaytirish uchun murakkab moliyaviy sxemalardan foydalangan yoki foydalanmaganini aniqlash maqsadida tekshiruv boshlagan. Tekshiruv Germaniyaning Der Spiegel nashri klubning ichki yozishmalarini e’lon qilganidan so‘ng boshlangan.
Qayd etilishicha, tekshiruv ataylab sodir etilgan firibgarlik gumoni bilan bog‘liq bo‘lmagan. U rasman hech qachon yakunlanmagan va Buyuk Britaniya soliq xizmati klubga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan.
Soliq organlari vakillari soliq to‘lovchilarga oid ma’lumotlar maxfiyligiga ishora qilib, vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan. «Manchester Siti» ham so‘rovlarga javob bermagan.
Avvalroq mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni 2009–2018 yillar oralig‘ida APLning moliyaviy qoidalarini 114 marta buzganlikda aybdor deb topgan edi. Sanksiyalar bo‘yicha qaror hali chiqarilmagan. Klub apellyasiya berib, o‘zining aybsizligini ta’kidlamoqda.
Eng qattiq chora qo‘llanilgan taqdirda, «Manchester Siti» bir nechta chempionlik unvonlaridan mahrum qilinishi va chempionatdan chetlatilishi mumkin.













