"Sassuolo"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Darril Bakola Italiyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, iqtidorli futbolchini "Yuventus" o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Turin klubi Bakolaning transferi bo‘yicha "Sassuolo" bilan muzokara olib bormoqda.
"Yuventus" transferni yanvar oyida yoki yozgi transferlar oynasida amalga oshirishga umid qilmoqda.
"Keksa sinyora" fransuz futbolchisi uchun kurashda Angliya Premyer-ligasi klublarini ortda qoldirishni istaydi. Ehtimoliy transfer qiymati taxminan 30 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Joriy mavsumda Bakola A Seriyada to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













