Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

"Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchini endi sotib olish qiyinlashadi

"Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchini endi sotib olish qiyinlashadi

Baho:
+ | -

"AZ Alkmaar" yarim himoyachisi Kes Smit klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining yangi shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

20 yoshli yarim himoyachiga Madridning "Real", "Barselona" va Yevropaning boshqa top-klublari qiziqish bildirgan. Qayd etilishicha, Ispaniyaning har ikki grandi Smitni kuzatishda davom etadi, ammo endi uni sotib olish ancha qiyinlashishi mumkin.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Kes Smitning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq "AZ Alkmaar" o‘z futbolchisi uchun taxminan 60 million yevro talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yosh futbolchi Niderlandiya klubi safida jami 84 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 09:57, 08.10.2026.
O'qildi: 1158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик