Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Pedro "Barselona"dan ketgach, "Chelsi"da nimani o‘rganganini aytdi

Pedro "Barselona"dan ketgach, "Chelsi"da nimani o‘rganganini aytdi

Baho:
+ | -

Chorshanba kuni Pedro Rodriges professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 39 yoshli sobiq vinger o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan "Barselona"ni tark etgach, "Chelsi" safida o‘tkazgan yillarini esladi.

Ispaniyalik futbolchi 2015 yildan 2020 yilgacha London klubi sharafini himoya qilgan.

"Londonda men hammasini noldan boshlashni o‘rgandim, yangi madaniyat bilan tanishdim va shaxs sifatida rivojlandim", — dedi Pedro.

"Chelsi"da besh yil o‘tkazgach, jahon va Yevropa chempioni "Roma"ga ko‘chib o‘tdi. Bir yildan so‘ng esa u "Lasio" safiga qo‘shildi va aynan shu klub uning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi jamoasi bo‘ldi.

"Italiya yuragimga yo‘l topdi. Men u yerga tajribali futbolchi sifatida bordim, ammo meni xuddi o‘z farzandidek qabul qilishdi", — deya Pedroning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

Ispaniyani tark etishidan oldin Pedro "Barselona" safida uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 10:04, 08.10.2026.
O'qildi: 680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик