Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Vardi Brunu Fernandesh haqida: "U juda kuchli, lekin..."

Vardi Brunu Fernandesh haqida: "U juda kuchli, lekin..."

Baho:
+ | -

"Byornli" hujumchisi Jeymi Vardi "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi.

39 yoshli angliyalik futbolchi "Lester" safida o‘ynagan davrida portugaliyalik yarim himoyachiga qarshi maydonga tushganini esladi.

"U juda, juda kuchli futbolchi. U barcha pas variantlarini ko‘radi va hamma narsani boshqalardan oldin payqaydi.

Fernandeshga qarshi o‘ynaganingda u shunchaki asabingga tegadi. U hakam bilan tortishadi, senga ham bosim qiladi. Shu bilan birga, eshitishimcha, maydondan tashqarida u dunyodagi eng bosiq yigitlardan biri.

Balkim, o‘yin vaqtida u shunchaki hissiyotlariga erk berar. Ammo futbolchi sifatida u dahshatli darajada kuchli", — dedi Vardi o‘z podkastida.

Brunu Fernandesh 2020 yil boshidan buyon "Manchester Yunayted" safida to‘p surib kelmoqda.

Kiritildi: 10:33, 08.10.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик