Ispaniya terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan "Espanyol" hujumchisi Roberto Fernandes Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish doirasiga tushdi.
Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘yinlarini "Chelsi", "Tottenxem" va "Brayton" skautlari kuzatib bormoqda.
APL klublari mutaxassislari Fernandesning jismoniy xususiyatlari Angliya futboliga mos keladi, deb hisoblamoqda.
Fernandes 2025 yil yozidan buyon "Espanyol" safida to‘p surmoqda. Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
24 yoshli ispaniyalik hujumchining bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.













