Deklan Rays "Arsenal" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.
27 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan. Yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar ilg‘or bosqichga yetgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Rays klubning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanadi. Uning daromadi haftasiga taxminan 350 ming funt oladigan Bukayo Sakaniki bilan tenglashishi mumkin.
Raysning hozirgi maoshi esa haftasiga taxminan 240 ming funtni tashkil etadi.













