Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Lempard: «36 yoshimda chempion jamoaga o‘tish imkoniyatidan mamnun bo‘lganman»

Lempard: «36 yoshimda chempion jamoaga o‘tish imkoniyatidan mamnun bo‘lganman»

Baho:
+ | -

«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lemparddan «Manchester Siti» katta mablag‘lar sarflayotgan davrda jamoa a’zosi bo‘lgani sababli o‘zini imtiyozli mavqeda his qilgan-qilmagani so‘raldi.

Sobiq yarim himoyachi 2014/2015 yilgi mavsumda «Manchester Siti» safida to‘p tepgan va o‘sha davrda birorta ham sovrin qo‘lga kiritmagan.

«Men bu haqda hatto bunday nuqtai nazardan o‘ylab ham ko‘rmaganman. O‘shanda 36 yoshda edim. «Chelsi»dan ketganimdan keyin Nyu-Yorkka yo‘l olish imkoniyatim bor edi.

Keyin «Manchester Siti»dan taklif tushdi. 36 yoshimda chempion jamoaga o‘tish va maydonda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish men uchun katta sharaf edi. U yerda menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishgan.

Men «Chelsi»da 13 yil o‘ynadim. Roman Abramovich klubga kelganida hamma «ular chempionlikni pulga sotib oldi» va shu kabi gaplarni aytardi.

Ammo biz Skoulz, Bekxem, Runi va boshqalar to‘p tepayotgan «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etishimiz kerak edi.

Maydonga tushib, raqobatlashayotganingda faqat shu haqda o‘ylaysan. Biror sovrinni qo‘lga kiritishni istaysan. Bizga «Chelsi»da bunga erishish nasib qilgan.

Hozirgi bu gap-so‘zlarga kelsak, men ularga aralashishni istamayman. Chunki futbolchi bo‘lganimda boshimni egib, o‘z ishimni qilardim, ajoyib jamoadoshlarim bilan futbol o‘ynardim.

City Group tizimida o‘tkazgan davrim esa men uchun juda qiziqarli bo‘lgan», — dedi «Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard.

Kiritildi: 08:54, 09.10.2026.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик